Oʻquv markazingizni bitta tizimda boshqaring

Oʻquv markazi uchun CRM va boshqaruv tizimi: oʻquvchilar, guruhlar, dars jadvali, davomat va toʻlovlar — hammasi yagona platformada. Excel jadvallari, qogʻoz jurnallar va tarqoq daftarlarni unuting.

app.sabot.uz

Bosh sahifa

Faol oʻquvchilar

428

+9%

Oylik toʻlovlar

96 mln

+14%

Faol guruhlar

34

+6%

Toʻlovlar dinamikasi12 oy

Soʻnggi toʻlovlar

MMuattar Abdulkhamitova450 000Toʻlangan
BBekzod Rahimov450 000Kutilmoqda
MMalika Yusupova600 000Toʻlangan
8
modul bitta tizimda
1 kun
ichida ishga tushirish
24/7
texnik qoʻllab-quvvatlash
Imkoniyatlar

Oʻquv markazingizga kerak boʻlgan hamma narsa

Har bir modul alohida ishlaydi, ammo bir-biri bilan bogʻlangan. Kerakligini tanlang — qolganini keyin qoʻshasiz.

Nega Sabot

Oʻquv markazlari uchun maxsus qurilgan

Universal ERP emas — aynan oʻquv markazlarining kundalik ishiga moslashtirilgan tizim.

Hujjatlar tayyor holda

Oʻquvchi bilan shartnoma, toʻlov kvitansiyasi va soliq hisoboti tizimning oʻzida shakllanadi.

Tez ishga tushish

Standart konfiguratsiya bir kunda ishlaydi. Oʻquvchilar roʻyxatini Excel yoki daftardan biz koʻchirib beramiz.

Maʼlumot xavfsizligi

Serverlar Oʻzbekistonda joylashgan, har kuni zaxira nusxa. Oʻqituvchi faqat oʻz guruhini koʻradi.

Oʻz tilingizda yordam

Qoʻllab-quvvatlash xizmati oʻzbek va rus tillarida. Har bir markazga biriktirilgan menejer.

Koʻchirish

Excel'dan Sabotga — bir kunda

Jadvalingizni yuborasiz — oʻquvchilar va toʻlovlar bazasini biz koʻchiramiz. Tartibsiz qatorlar tartibli kartochkalarga aylanadi: ismlar, telefonlar va toʻlov holati bir koʻrinishda.

oquvchilar_2025_final(2).xlsxhozirgi holat
ABCDE
1F.I.O.GuruhTelefonToʻlovDavomat
2Aziza Karimovaingliz B1+998901234567450000+ + - +
3bekzod rahimovIELTS90 123 45 67to'lamadi+ - - +
4MALIKA YUSUPOVAIngliz b1998 93 555 44 33600 000 so'm+ + + +
5Jasur Toshmatovmatem.+998(97)111-22-33450 000#REF!
6Nilufar SodiqovaIngliz A297 222 33 44450000 (qarz)+ + + -
7Sardor AlimovIELTS 998 99 777 66 55600000+ + + +
Sheet1SentabrCopy of Sentabr
Oʻquvchilar0/6Excel'dan import

Koʻchirildi

0/6

Toʻlangan

0

Davomat

0%

Qanday boshlaymiz

Toʻrt qadamda ishga tushamiz

  1. 01

    Soʻrov qoldirasiz

    Formani toʻldirasiz — 1 ish kuni ichida bogʻlanamiz.

  2. 02

    Markazingizni oʻrganamiz

    Guruhlar, toʻlov tartibi va hisobotlaringizni koʻrib chiqamiz.

  3. 03

    Sozlash va koʻchirish

    Tizimni siznikiga moslaymiz, oʻquvchilar va toʻlovlar bazasini koʻchiramiz.

  4. 04

    Oʻqitish va ishga tushirish

    Administrator va oʻqituvchilarni oʻqitamiz, birinchi oy yoningizda boʻlamiz.

Sizning markazingiz

Raqamlaringizni kiriting

Ikkita raqam yetarli — Sabot sizga qanchaga tushishini va qaysi tarif mos kelishini koʻrasiz.

Faol oʻquvchilarta
Oʻrtacha oylik toʻlovsoʻm

Tushum va tarif ulushi — sof hisob. Qoʻlda ish vaqti taxminiy: har bir oʻquvchiga oyiga 8 daqiqa (davomat, toʻlov eslatmalari, hisobot). Guruhlar soni 12 kishilik guruhga qarab olindi.

Oylik tushum

60mln soʻm

Qoʻlda ishga ketadi

20soat/oy

Sizga mos tarif

Oʻsish

150 ta oʻquvchi uchun — bu tarif 400 tagacha koʻtaradi.

Oyiga 1 000 000 soʻm — tushumingizning atigi 1.7% i.

Shu tarifda demo olish
Tariflar

Narx oʻquvchilar soniga qarab

Xodimlar soni cheklanmaydi. Yangilanishlar, zaxira nusxalash va qoʻllab-quvvatlash barcha tariflarga kiritilgan.

Start

Yangi va kichik markazlar uchun

490 000soʻm

/ oyiga

  • 100 tagacha faol oʻquvchi
  • Oʻquvchilar, guruhlar va jadval
  • Davomat va toʻlovlar
  • Standart hisobotlar
  • Email orqali qoʻllab-quvvatlash
Demo olish
Eng koʻp tanlanadi

Oʻsish

Barqaror ishlayotgan markazlar uchun

1 000 000soʻm

/ oyiga

  • 400 tagacha faol oʻquvchi
  • Barcha Start imkoniyatlari
  • Oʻqituvchilar ish haqi moduli
  • Testlar va baholash
  • Ota-onalar kabineti va xabarnomalar
  • Biriktirilgan menejer
Demo olish

Tarmoq

Filiallari bor tarmoqlar uchun

Kelishuvasosida

/ oyiga

  • Cheksiz oʻquvchi va filial
  • Barcha Oʻsish imkoniyatlari
  • Filiallar boʻyicha yigʻma hisobot
  • Individual sozlash va integratsiyalar
  • Oʻz serveringizda oʻrnatish
  • SLA shartnoma va 24/7 yordam
Taklif olish

Narxlar QQS bilan koʻrsatilgan. Yillik toʻlovda 2 oy bepul.

Hamkorlar

Bizga ishonch bildirganlar

Turli yoʻnalishdagi oʻquv markazlari Sabot ERP orqali kundalik ishini yuritmoqda.

JAP Academy
Diamond Education
Atmosphere
Vista Academy
Globus
Bepul sinov

Gapimizga ishonmang — oʻzingiz sinab koʻring

Vaʼda emas, isbot: formani toʻldiring — bir daqiqada markazingiz nomidagi manzil, login va ishlaydigan tizim olasiz. Rostligini tizimni ishlatib koʻrib, oʻzingiz guvohi boʻling. Qoʻngʻiroq kutish ham, karta kiritish ham shart emas.

  • Bir daqiqada oʻz manzilingiz: markaz.sabot.uz
  • 3 kun davomida barcha modullar, cheklovsiz
  • Karta talab qilinmaydi, qoʻngʻiroqni kutmaysiz
Tugmani bosganingizdan keyinnamuna
Markaz nomi
  1. Manzil tekshirilmoqda
  2. Markaz yaratilmoqda
  3. Administrator hisobi
  4. Xavfsiz ulanish (https)
Tayyor….sabot.uzTizimga kirish
≈ 1 daqiqa

Yuborish orqali siz maʼlumotlaringiz qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.

Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Sabot — bu CRMʼmi yoki ERP?

Ikkalasi ham. CRM qismi — oʻquvchilar va ota-onalar bilan ishlash: guruhlar, dars jadvali, davomat, ota-onalar kabineti, SMS va Telegram xabarnomalar. ERP qismi — markazning ichki xoʻjaligi: toʻlovlar va qarzdorlik, oʻqituvchilar ish haqi, filiallar boʻyicha hisobotlar. Odatda bular ikki xil dasturda yuritiladi, Sabotda — bitta tizimda.

Oʻquv markazi uchun CRM narxi qancha?

Narx faol oʻquvchilar soniga bogʻliq: 100 tagacha — oyiga 490 000 soʻm, 400 tagacha — 1 000 000 soʻm, undan koʻp yoki filiallar boʻlsa — kelishuv asosida. Xodimlar soni cheklanmaydi, narxlar QQS bilan. Avval 3 kun bepul sinab koʻrasiz, karta talab qilinmaydi.

Tizimni ishga tushirish qancha vaqt oladi?

Standart konfiguratsiya 1–3 ish kunida tayyor boʻladi. Oʻquvchilar bazasi katta boʻlsa yoki individual sozlash kerak boʻlsa, muddat 2–3 haftagacha choʻzilishi mumkin — buni demo bosqichida aniq aytamiz.

Bir necha filialni bitta tizimda yuritish mumkinmi?

Ha. Har bir filial oʻz oʻquvchilari, guruhlari va kassasi bilan alohida yuritiladi, rahbar esa filiallar boʻyicha yigʻma hisobotni koʻradi. Bu imkoniyat Tarmoq tarifiga kiradi.

Davomat qanday belgilanadi?

Oʻqituvchi telefon yoki planshetdan guruhni ochib, kelganlarni bir bosishda belgilaydi. Kelmagan oʻquvchining ota-onasiga SMS yoki Telegram orqali xabar avtomatik yuboriladi.

Ota-onalar tizimga kira oladimi?

Ha, ota-onalar uchun alohida kabinet bor: farzandining davomati, test natijalari va toʻlov holati koʻrinadi. Ular boshqa oʻquvchilar maʼlumotini koʻra olmaydi.

Excel yoki daftardagi maʼlumotlarni koʻchira olamizmi?

Ha. Oʻquvchilar roʻyxati, guruhlar, toʻlov tarixi va qarzdorlik maʼlumotlarini biz koʻchirib beramiz. Bu xizmat joriy etish narxiga kiritilgan.

Oʻquvchilar soni oshsa nima boʻladi?

Istalgan vaqtda tarifni oshirish mumkin — maʼlumotlaringiz saqlanib qoladi. Oy oʻrtasida oʻtsangiz, farq qolgan kunlarga proporsional hisoblanadi.

Aloqa

Savolingiz bormi? Bogʻlaning

Ish kunlari 9:00–18:00 oraligʻida javob beramiz.

Ish vaqti:Dushanba–Shanba, 9:00–18:00